» » AKFA Stone: Qachonki investitsiyalar o‘zini oqlaganda

AKFA Stone: Qachonki investitsiyalar o‘zini oqlaganda


Granit – bugungi kunda qurilish va me’morchilikda faol foydalaniladigan eng keng tarqalgan va shu bilan birga eng mashhur tog‘ jinslaridan biri. Buning sababi granitning yuqori ekspluatatsion xususiyatlarida: eng avvalo, mustahkamligida. Undan tashqari, granit – bu boy ranglar palitrasiga ega bo‘lgan va qurilish materiallarining boshqa turlari bilan yaxshi uyg‘unlashadigan g‘oyat go‘zal, “serhasham” toshdir. Darvoqe, granitning qurilishda faol qo‘llanilishi nafaqat materialning mustahkamligiga, balki unga ishlov berishning osonligiga ham bog‘liq. Shu tufayli granitga turli shakllar va yuza fakturasi beriladi.

Sun’iy qurilish materiallarining ko‘plab turlari paydo bo‘lishiga qaramay, granit ularga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgani yo‘q. Misol tariqasida poytaxtdagi Hilton mehmonxonasi va Tashkent City bog‘ini olishimiz mumkin, u yerlarda tabiiy toshdan foydalanilgan maydon 70 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bunda (AKFA kompaniyalar guruhiga kiruvchi) riyatiyem GRANITE INDUSTRIES TECHNOLOGY korxonasi tomonidan maksimal darajada ehtiyotkorlik bilan, ya’ni materialni kelajakda shikastlanishini va yorilishini oldini olish maqsadida tog‘ jinsidan butun blok qilib kesib olinish orqali olingan yuqori sifatli granit qo‘llanilgan.

Kompaniya ishlab chiqarishning tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ustuvor vazifalardan biri, deb hisoblaydi, shu bois qazib olishni atrof muhitga imkon qadar zarar yetkazmagan holda amalga oshiradi. Nurota tog‘lari zaminida bunday tabiat muhofazasi uslubida har oy deyarli 2 ming kubometr tabiiy tosh qazib olinadi, bu korxonaning respublika miqyosida granit qazib olish va unga ishlov berishda yetakchi o‘rinlarga chiqib olishiga imkon berdi. Shu o‘rinda, qazib olinayotgan tabiiy tosh qurilish materiallarining 1-toifasiga to‘g‘ri keladi, bu esa uning yuqori sifatini va unda radiatsiyaning yo‘qligini tasdiqlaydi.

Konning zamonaviy tosh qazib olish uskunasi va tog‘ jinslarini tozalash uchun tegishli maxsus texnika vositalari bilan jihozlanishi uchun kompaniya tomonidan shaxsiy mablag‘lar hisobidan 1,5 mln. dollar miqdorida sarmoya kiritildi. Shu bilan birga bu yerda munosib maosh va a’lo darajadagi ish sharoitlari bilan 51 ta ish o‘rni yaratildi.

Bunday ehtiyotkorona uslubda qazib olingan tabiiy tosh poytaxtning Sergeli tumani janubiy sanoat zonasi hududida joylashgan va 14 000 kv. m.dan ziyod maydonni egallagan toshga ishlov berish zavodiga jo‘natiladi. 5-6 oy sarflangan ushbu zavod qurilishiga 5 mln. dollardan ziyod investitsiya kiritildi. Texnologik uskunalarni xarid qilish xarajatlari ham shu jumladan. Zavodda granit palaxsalarini kesish, suvli ishlov berish, sayqallash va qirralarga ishlov berish uchun 60 dan ortiq texnika vositalari mavjud. Ahamiyatga molik jihati shundaki, zavod 179 nafar ishchini ish o‘rinlari bilan ta’minladi, uning ishlab chiqarish quvvati oyiga qariyb 20 000 kv. m. tayyor mahsulotni tashkil qildi. Zavoddagi ishlov berish usullari bir qator ustunliklarga ega: masalan, GRANITE INDUSTRIES TECHNOLOGY kesish uslubi buyurtmani bajarishda millimetrlargacha aniqlikka erishishga yordam beradi va buyurtmachining texnik vazifasi bo‘yicha istalgan mahsulotni bajarish imkonini beradi.

Kompaniya mijozning istagiga muvofiq yaxlit slyab (granit zagotovka)lar ham ishlab chiqaradi, ularni buyurtmachining texnik vazifasiga muvofiq arralab ham beradi, bu esa keng ko‘lamli loyihalar davomida sezilarli darajada vaqtni tejashga va ishning sifatsiz bo‘lmasligiga imkon beradi. Toshga WaterJet apparati bilan ishlov berish ham an’anaviy usullarga nisbatan vaqtni ahamiyatli tejaydi, granitning yarqirashiga va chiqindilar miqdorini kamayishiga xizmat qiladi. Ajralib chiqadigan qolgan chiqindilar yuqori mustahkamlikka ega granit uvoqlaridan presslangan g‘isht ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi, bu jarayonni ham AKFA amalga oshiradi.

GRANITE INDUSTRIES TECHNOLOGY bir joyda turmaydi – ayni paytda Stoun-bozor deb nomlanmish korxonaning ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli mahsulotlari aholiga sotiladigan maydonning qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, kelajakda kompaniya ish o‘rinlari sonini va ishlab chiqarish quvvatini oshirishni rejalashtirgan.

Qo‘shimcha ma’lumot:

Facebook: fb.com/akfastone

Instagram: @akfastone

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют