» » Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirus tarqalishining oldini olish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirus tarqalishining oldini olish masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha ikki mamlakatda ko‘rilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tegishli idora va tashkilotlarning yaqindan hamkorligida o‘zaro amaliy ko‘maklashish hamda avvalo chegaraoldi hududlardagi epidemiologik vaziyatni nazorat qilish borasida olib borilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaning savdo-iqtisodiy, energetik, transport-kommunikatsiya, madaniy gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston—Turkmaniston aloqalariga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha faol qo‘shma chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentlar birgalikdagi sa’y-harakatlar yuzaga kelayotgan barcha qiyinchiliklar va yangi xatarlarni muvaffaqiyatli yengish, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlari avvalroq ham telefon orqali koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgan edi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют