» » O‘zbekistonda o‘ta zaruratsiz uydan chiqish va ko‘chada 3 nafardan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlandi

O‘zbekistonda o‘ta zaruratsiz uydan chiqish va ko‘chada 3 nafardan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlandi


O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, mamlakat fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi.

Mazkur cheklov xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlariga taalluqli bo‘lmaydi.

O‘ta zarur hollardagina, ya’ni dorixona va oziq-ovqat do‘konlariga borish uchun ko‘chaga chiqqanda, shaxsiy himoya vositasi — niqobda bo‘lish shart. Fuqarolar uyidan tashqariga niqobsiz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari (1 115 000 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.

Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shart. Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi. Bu taqiq bir vaqtda harakatlanayotgan oila a’zolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari, 27-mart soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temiryo‘l transporti)ning harakati butunlay to‘xtatiladi. Yuk tashish hollari bundan mustasno. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) o‘z hududlariga kirib borishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan vafot etgan kishi qanday dafn etiladi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 83 nafar fuqarodan 23 nafari xorijda bo‘lib qaytgan, 60 nafar bemor esa ular bilan muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют