» » “Agar hammasi menga bog‘liq bo‘lganida Neymar allaqachon “Real”da o‘ynayotgan bo‘lardi” — Roberto Karlos

“Agar hammasi menga bog‘liq bo‘lganida Neymar allaqachon “Real”da o‘ynayotgan bo‘lardi” — Roberto Karlos


“Real” klubining sobiq himoyachisi Roberto Karlos PSJdagi vatandoshi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Agar barchasi mening qo‘limda bo‘lganida, Nemar allaqachon “Real”da o‘ynab yurgan bo‘lardi. Biroq hayotda barcha narsa siz o‘ylagandek bo‘lavermaydi.

Bunday futbolchilar dunyoning eng kuchli klublarida o‘ynashi kerak. Bugungi “Real” — bu istalgan futbolchining maqsadi. Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istaysanmi? “Real”ga kel.

Hozir Neymar PSJda baxtli. U oxirgi o‘yinlardagi kabi quvonch va zavq bilan to‘p surishi kerak. Neymarning o‘yinini tomosha qilishni barcha istaydi”, — deydi Roberto Karlos.

Avvalroq Neymar “Barselona”ga qaytishni istayotgani va shu maqsadda PSJ egalariga bosim o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют