» » Gulistonda niqobsiz erkak IIB xodimlaridan qochishga urindi (video)

Gulistonda niqobsiz erkak IIB xodimlaridan qochishga urindi (video)


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ko‘chada niqobsiz yurgan erkak IIB xodimlaridan qochib ketishga urindi.

IIB xodimlari nima sababdan niqobsiz yurganligini so‘ragan vaqtida, erkak qochib ketishga uringan. Biroq u zudlik bilan qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Erkakka nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (223 ming so‘m) jarima belgilangan.

Avvalroq Toshkent, Samarqand va Farg‘onada niqobsiz yurgan fuqarolar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan ikki choyxonachi va bir “qochoq” jarimaga tortildi. Shuningdek, O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar endi jinoiy javobgarlikka tortiladi

26-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzolagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют