» » O‘zbekistonda jamoat joylarida niqob taqmagan 178 kishi 61,8 mln so‘m jarimaga tortildi

O‘zbekistonda jamoat joylarida niqob taqmagan 178 kishi 61,8 mln so‘m jarimaga tortildi


O‘zbekiston ma’muriy sudlari tomonidan 192 nafar shaxsga nisbatan jamoat joylarida niqob taqmagani uchun ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ma’muriy javobgarlikka tortilganlarning 178 nafariga nisbatan jami 61 882 500 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan, 14 nafar shaxsga nisbatan ish yuritishdan tugatilgan.

Qayd etilishicha, 192 nafar shaxsning 8 nafari ayol, 3 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs, 1 nafari chet davlat fuqarosi hamda 2 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2020-yil 26-martda imzolangan qonunga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (27-mart holatiga ko‘ra, 1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 22-martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 25-mart kuni soat 06:00 dan boshlab jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalarisiz, ya’ni niqobsiz bo‘lgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi

Avvalroq Toshkent, Samarqand va Farg‘onada niqobsiz yurgan fuqarolar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan ikki choyxonachi va bir “qochoq” jarimaga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют