» » Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga aylantirilishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur vazirlik rahbari Jamshid Qo‘chqorovga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Ilhom Norqulov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar Ilhom Norqulov Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Akmalxon Ortiqov ham iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Akmalxon Ortiqov Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bobur Abdunazarov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bobur Abdunazarov mazkur tayinlovga qadar Moliya vazirligi Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Shu kunga qadar Moliya vazirligining Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan Adiz Boboyev ham iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Rustamov ham iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют