» » AQShda YouTube orqali mashina haydashni o‘rgangan 8 yoshli bola otasining mashinasini minib McDonald’s’ga ketdi

AQShda YouTube orqali mashina haydashni o‘rgangan 8 yoshli bola otasining mashinasini minib McDonald’s’ga ketdi


Amerikaning Ogayo shtatida sakkiz yoshli bola kechqurun ota-onasi uxlab yotgan vaqtda ularning mashinasini haydab ketdi. Bola mashina haydashni YouTube’dagi videodarslar yordamida o‘rganib olgan. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Bolakay mashinaning yukxonasiga to‘rt yoshli singlisini solib, McDonald’s’ga yo‘l olgan. U taxminan uch kilometr yo‘l bosib, to‘rtta chorrahadan o‘tgan, temir yo‘lni kesib o‘tgan va bir necha marta burilgan. Guvohlar qayd etishicha, u yuqori tezlikda rejimga rioya qilgan va yo‘l belgilariga e’tibor bergan.

Bola kafe derazasigacha borib, chizburger, fri kartoshka va naggetslar buyurtma qilgan. Buyurtma uchun to‘lovni o‘zi to‘plagan pullardan to‘lagan. Muassasa ishchilari hodisani hazil deb o‘ylaganini tan oldi.

Yo‘ldagi guvohlardan biri politsiyaga mashina rulini boshqarayotgan bolakay haqida xabar bergan. Politsiya yetib kelgach, bola yig‘lab yuborgan va shunchaki chizburger yegisi kelganini aytgan.

Ota-ona bolalarini voqea joyiga kelib olib ketdi. Politsiya ularga qarshi hech qanday ayblovlarni ilgari surmadi.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют