» » Markaziy harbiy okrugda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar maxsus reys bilan o‘z uylariga kuzatildi (foto+video)

Markaziy harbiy okrugda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar maxsus reys bilan o‘z uylariga kuzatildi (foto+video)


Markaziy harbiy okrugda 27-mart, juma kuni, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlarni o‘z uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, askarlarni uylariga kuzatish tadbirlari 20-martdan 10-aprel kuniga qadar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Koronavirus sababli faqat bir kun — 27-mart kuni respublikaning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab maxsus reyslar yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, harbiy qism shaxsiy tarkibi, Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida bir yillik xizmatni o‘tgan jami 280 nafar askarga oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berildi. Ulardan 40 nafari o‘z istagiga ko‘ra, shartnoma asosida harbiy xizmatda qoldi. Yangi tashkil etilgan Sport vzvodida xizmat qilgan 10 ga yaqin sportchi askar okrug hamda Mudofaa vazirligi nomidan xalqaro toifadagi sport musobaqalarida qatnashib, sovrindor bo‘ldi.

Qayd etilishicha, okrug qo‘mondonligi o‘z oilasi bag‘riga qaytayotgan askarlardan mahalla va yaqinlar uchun ziyofat uyushtirmaslikni so‘radi.

Muddatli harbiy xizmatchilar maxsus reys bilan 27-mart kuni tunda qat’iy nazorat ostida Samarqand—Toshkent—Anjidon hamda Buxoro—Nukus yo‘nalishida o‘z uylariga kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sababli O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi. Mudofaa vazirligi karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют