» » Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 14 ta yangi holat qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 58 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 14 ta yangi holat qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 58 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda 27-mart holatiga ko‘ra, koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 14 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Aynura Akmatova Hukumat uyida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 ta holat Jalolobod viloyatida (barchasi Suzak tumanida), yana 7 ta kasallanish esa O‘sh viloyatida kuzatilgan: 1 ta holat Qora Suy tumanida, 2 ta Novkat tumanida, 3 ta Uzgen tumanida, 1 ta O‘sh shahrida. Kasallanganlarning 10 nafari ayol, 4 nafari erkak.

14 nafar bemorning 5 nafari Umra ziyoratidan qaytgan, 9 nafari esa ular bilan muloqot qilib, infeksiyani yuqtirib olgan.

Akmatovaning axborot berishicha, Qirg‘izistonda COVID-19 yuqtirib olganlarning umumiy soni 58 nafarga yetgan, kasallanganlarning hammasi o‘zini yaxshi his etmoqda.

“Kasallanganlar bilan muloqot qilganlarning hammasining shaxsi aniqlangan. Ular uy sharoitida karantinga olingan. Barchalarining holati barqaror”, — deya ta’kidlagan Aynura Akmatova.

14 nafar yangi kasallangan fuqarolarning yoshi 1 dan 68 gacha ekani aytilmoqda.

Mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 58 ta holatning 27 tasi Jalolobod viloyatida, 26 tasi O‘sh viloyatida, 4 tasi Bishkek shahrida, 1 tasi Botkent viloyatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 18-mart kuni koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat aniqlangan. Avval Qirg‘izistonning yirik shaharlar aholisiga kechki 8 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangani, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga taqiq qo‘yilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют