» » Olmaota shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yana 2 ta yangi holat kuzatildi

Olmaota shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yana 2 ta yangi holat kuzatildi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha yana ikkita holat qayd etildi, deb yozmoqda Tengrinews.

27-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:05 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 137 ta holat ro‘yxatga olingan.

Nur-Sultonda 69 ta holat, Olmaotada 50 ta, Qorag‘andada 4 ta, Jambil viloyatida 3 ta, Chimkentda 2 ta, O‘trov viloyatida 3 ta, Olmaota viloyatida 1 ta, Aqto‘beda 1 ta, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 1 ta, Oqmolin viloyatida 1 ta, Pavlodar viloyatida 1 ta, Mang‘itsoy viloyatida 1 ta holat qayd etilgan.

30-mart, dushanba kuni, Nur-Sulton hamda Olmaotada barcha korxona va muassasalar ishi to‘xtatiladi. Qozog‘istonda 4 nafar odam koronavirusdan tuzalgan. Ikki nafar bemor 26-mart kun, yana bir kishi 27-martda kasalxonadan chiqqan. 28-mart kuni Olmaota bolalar kasalxonasida davolangan 12 yoshli qizga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: 

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi oqibatida 26-mart kuni bir nafar odam vafot etgan. Ushbu ma’lumotni Qozog‘iston axborotlashtirish va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev tasdiqlagan. O‘lim holati ayol kishida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют