» » Otabek Umarov O‘zbekistonga ijtimoiy yordam jo‘natgan BAA hukumatiga minnatdorlik bildirdi

Otabek Umarov O‘zbekistonga ijtimoiy yordam jo‘natgan BAA hukumatiga minnatdorlik bildirdi


O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi, Triatlon federatsiyasi raisi, O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbari Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatgan gumanitar yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Umarov BAA tomonidan yuborilgan ijtimoiy yordamlarning aeroportda qabul qilib olinishi aks etgan fotosuratlarni ham o‘z sahifasiga yuklagan.

Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik izhor etaman! Bugun 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam maxsus reys bilan Toshkent aeroportiga olib kelindi. Tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar bizga COVID-19 hujumiga qarshi turishga yordam beradi. Biz bu og‘ir damlarda yolg‘iz emasligimizni bilishdan mamnunmiz va ayniqsa, mamlakatingiz old qatorlarda koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda bizni ham qo‘llab-quvvatlayotganingizni qadrlaymiz. Sizga egilib ta’zim qilamiz, vatandoshlarimning duolari ushbu sinov paytida sizni va yaqinlaringizni himoya qilsin!

Otabek Umarov, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi, Triatlon federatsiyasi raisi, O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbari

27-mart soat 20:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 88 nafarga yetgan, respublikada jamoat joylarida niqob taqmagan 178 kishi 61,8 million so‘m jarimaga tortilgan. O‘zbekistonda o‘ta zaruratsiz uydan chiqish va ko‘chada 3 nafardan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют