» » AQShda ishsizlik nafaqasini olish uchun rekord darajada ko‘p ariza berildi

AQShda ishsizlik nafaqasini olish uchun rekord darajada ko‘p ariza berildi


AQShda ishsizlik nafaqasini olish uchun berilgan arizalar soni bir haftada 11 baravar oshib, 3 million 283 mingtaga yetdi. Bu haqda mamlakat Mehnat vazirligi ma’lum qilgan.

Meduza’ning yozishicha, 14-martda 282 mingta ariza berilgan bo‘lsa, 21-martga kelib ishsizlik nafaqasini olish uchun berilgan arizalar soni 3 million 282 mingtaga yetgan. Bu AQSh uchun tarixiy rekorddir. Avvalgi rekord 1982-yilda bo‘lgan va unda arizalar soni 695 tani tashkil qilgan.

Ishsizlik nafaqasini olish uchun arizalar sonining rekord darajada ko‘paygani koronavirusning biznesga ta’siri va u bilan bog‘liq karantin choralari bilan izohlangan.

Qayd etilishicha, ishsizlik nafaqalarini olish uchun arizalar ko‘payganligi haqidagi xabarlar fonida AQSh dollari asosiy valyutalar savatchasiga nisbatan tushib ketdi, ammo AQSh fond indekslari o‘smoqda.

Ishsizlik nafaqasini olish uchun arizalar soni AQSh mehnat bozori holatining eng tezkor ko‘rsatkichidir.

Mavzuga doir: AQShlik juftlik koronavirus karantini tufayli videokonferensiya orqali to‘y o‘tkazdi

Fevral oyida AQShda ishsizlik darajasi so‘nggi 50 yil davomida eng past darajada bo‘lgan va 3,5 foizni tashkil qilgan. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, may oyida bu ko‘rsatkich 13 foizga yetishi mumkin — bu 1930-yildan buyon kuzatilgan eng yuqori darajadir.

AQSh 26-mart, payshanba kuni, koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 653 kishini tashkil etmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 1178 kishiga yetgan, 619 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют