» » Fransiyada karantin payti oilaviy zo‘ravonliklar soni keskin oshdi

Fransiyada karantin payti oilaviy zo‘ravonliklar soni keskin oshdi


Fransiyada koronavirus bilan kurashish uchun qat’iy karantin choralari joriy etilgandan so‘ng oilaviy zo‘ravonliklar sezilarli oshdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner bergan ma’lumotga tayanib.

Uning aytishicha, 1 hafta davomida mamlakatda jandarmlar aralashuvini talab etuvchi oilaviy mojarolar soni 32 foizga oshgan. Parijda esa vaziyat bundan ham jiddiy. Fransiya poytaxtida oilaviy zo‘ravonliklar soni 36 foizga ko‘paygan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada koronavirus epidemiyasi kuchayib, uchinchi darajaga o‘tdi. Mamlakat 17-martdan boshlab kamida ikki hafta davomida odamlar harakatiga qat’iy cheklovlar qo‘ydi. Kafelar, restoranlar, kinoteatrlar va nooziq-ovqat do‘konlari yopildi. Faqat dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari, banklar, yonilg‘i quyish shoxobchalari va tamaki do‘konlari ochiq qolmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 29 155 kishidan oshgan, 1696 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirus karantini tufayli Xitoyda oilaviy ajrimlar ko‘paydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют