» » AQSh Maduroni giyohvand moddalar savdosida aybladi. Uning aybini isbotlovchi dalillar uchun 15 mln dollar mukofot puli beriladi

AQSh Maduroni giyohvand moddalar savdosida aybladi. Uning aybini isbotlovchi dalillar uchun 15 mln dollar mukofot puli beriladi


AQSh Adliya vazirligi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qurol saqlash va giyohvand moddalar savdosida aybladi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilingan.

Unda aytilishicha, Maduro kamida 1999-yildan boshlab kokainni Kolumbiyadan Venesuela orqali AQShga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi Cartel de Los Soles narkokarteli yetakchilaridan biri bo‘lgan.

AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, shunday qilib, karter a’zolari nafaqat boyigan holda o‘z hukmronligini mustahkamlashga, balki amerikaliklar “sog‘lig‘i va farovonligiga putur yetkazib, AQShni kokainga cho‘kirmoqchi” ham bo‘lgan.

Maduroga qarshi to‘rtta ayblov e’lon qilingan bo‘lib, ularning har birida umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralari ko‘zga tutilgan. AQSh hukumati uning aybini isbotlovchi ma’lumotlar uchun 15 million dollar mukofot puli e’lon qildi.

Madurodan tashqari, AQSh Adliya vazirligi Venesuelaning yana bir qator sobiq va amaldagi mansabdorlariga, shuningdek, Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (FARC)ning bir necha yetakchilariga nisbatan ham ayblovlarni ilgari surgan. Ularning barchasi giyohvand moddalarni Kolumbiyadan AQShga olib o‘tishda til biriktirgan, deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Cartel de Los Soles (“Quyoshlar karteli”) — bu xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi venesuelalik jinoiy guruh bo‘lib, u haqda 1999-yil boshlaridan ma’lum bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, u Venesuela armiyasining harbiy rahbarlari tomonidan boshqariladi.

Venesuela prezidentining bir necha sheriklari kartel bilan aloqasi borligi uchun sanksiyalarga duchor bo‘lgan, Maduro rafiqasining jiyanlari esa AQShda giyohvand moddalar kontrabandasi uchun qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют