» » JSST 100 mingdan ortiq kishi koronavirusdan tuzalganini xabar qildi

JSST 100 mingdan ortiq kishi koronavirusdan tuzalganini xabar qildi


COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butun dunyoda 100 mingdan ortiq odam xalos bo‘lgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

JSST rahbari dunyoda yarim milliondan ko‘proq odam kasallik yuqtirib olgani va infeksiya keltirib chiqargan pnevmoniyadan 20 mingdan ortiq kishi vafot etganini tasdiqlagan.

Gebreyesus G20 virtual sammitida davlatlar rahbarlariga murojaat qilib, ularga pandemiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib berganini ham eslatib o‘tgan.

“Pandemiyaga qarshi turish uchun birgalikda harakat qilishingiz lozim. Biz butun insoniyat umumiy dushmanga qarshi birlashib kurashishimiz kerak. Hech bir mamlakat yolg‘iz kurasha olmaydi, faqat birlashsakgina koronavirusni yenga olmiz”, — degan Gebreyesus.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra individual himoya vositalarining yetishmovchiligi pandemiyaga qarshi kurashdagi asosiy muammo bo‘lib turibdi. JSST ularga muhtoj davlatlarga 2 millionta himoya vositasi yuborgan, yaqin orada yana shuncha yubormoqchi, biroq baribir tibbiyot anjomlari tanqisligi kuzatilmoqda.

“Kasallikka qarshi kurashadigan vaksinani ishlab chiqishga kamida 12-18 oy vaqt talab etiladi. Uning yaratilishida 45 ta mamlakat faol ishtirok etmoqda, Norvegiya va Ispaniyada koronavirus yuqtirib olgan odamlarning o‘zlari ixtiyoriy ravishda tadqiqotlarda qatnashmoqda”, — deydi JSST rahbari.

Mavzuga doir: 

Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumot bo‘yicha butun dunyoda 585 ming nafardan ko‘proq odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Eng ko‘p kasallanish holati AQShda kuzatilgan 97 ming, keyingi o‘rinlarda Italiya— 86,5 ming va Xitoy bormoqda. COVID-19 o‘chog‘i bo‘lgan XXRda kasallikning tarqalishiga chek qo‘yilgan, mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 81 897 nafarni tashkil qiladi, 74,7 ming kishi uni yengib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют