» » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi


AQShda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Qo‘shma Shtatlar kasallar soni yuz mingdan oshgan birinchi davlatga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiya oqibatida asosan Nyu-York (37 mingdan ortiq), Nyu-Jersi (6,8 ming) hamda Kaliforniya (3,8 ming) shtatlari jabr ko‘rgan.

Kasallik oqibatida mamlakat bo‘ylab vafot etganlar soni 1,5 ming kishidan oshgan. Ularning asosiy qismi Nyu-Yorkda (366) qayd etilgan. Koronavirusdan davolanganlar soni esa 862 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butun dunyoda 100 mingdan ortiq odam tuzalganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQSh 26-mart kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют