» » Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 969 bemor vafot etdi

Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 969 bemor vafot etdi


Italiyada 27-mart holatiga ko‘ra COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 9134 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida 969 kishi kasallik oqibatida vafot etgan — bu mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon eng katta o‘lim ko‘rsatkichidir, deb xabar beradi “Kommersant”.

Hozirda Italiya koronavirus oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi, kasallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) ketmoqda.

“Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiyadan 589 kishi sog‘aygan bo‘lib, ularning soni 10 950 kishiga yetdi. Afsuski, bir sutkaning o‘zida 969 kishi vafot etdi”, — deydi Italiya sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissari Domeniko Arkuri.

Arkurining ta’kidlashicha, ayni vaqtda 66,4 ming italiyalik koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bo‘lib, o‘tgan bir sutka ichida ularning soni 4,4 mingga oshgan. Vafot etgan va davolanishga muvaffaq bo‘lganlar bilan qo‘shib hisoblaganda kasallikka chalinganlar soni 86,5 ming kishiga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlar bilan Italiya Xitoydan ham o‘tib ketdi.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют