» » Qulaylikning yangi darajasi: Artel kompaniyasi yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

Qulaylikning yangi darajasi: Artel kompaniyasi yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi


Artel kompaniyasi mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi. Endilikda Artel bilan texnika xarid qilish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Atigi besh daqiqada siz qulaylik bilan yangi texnikani tanlab, uni xonadonga yetkazib berishni buyurishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Tafsilotlarini ushbu maqolada o‘qib bilib oling.

Artel kompaniyasi mahsulotlarini xarid qilish uchun endilikda hatto internet ulangan mobil telefonning o‘zi yetarlidir. Buyurish jarayoni esa juda ham oson va qulay. Mahsulotni xonadonga yetkazib berishni buyurish uchun avvalambor “Artel.uz” rasmiy saytiga tashrif buyuring. Mahsulotlar assortimenti bilan tanishib chiqing va sizga kerak bo‘lgan texnikani tanlang. Artel saytida barcha mahsulotlarning to‘liq texnik tafsilotlari hamda mahsulotlarning turli ranglardagi suratlari taqdim etilgan. Xush kelgan texnikani tanlagandan so‘ng saytda o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotni maxsus formada yozib qoldiring va “Buyurish” tugmasini bosing. Call-markaz operatori sizga qo‘ng‘iroq qilishini kuting. Call-markaz operatoriga manzilingizni to‘liq tushuntirgandan so‘ng bemalol xaridingizni kuting.

Artel xodimlari xaridingizni eng qisqa vaqtda to‘g‘ri xonadoningizga yetkazib berishadi. Aytish joizki, uyingizga eng yaqin bo‘lgan do‘kondan boshlab 30 km masofaga mahsulot yetkazib berish mutlaqo bepuldir. Mahsulotlar yurtimizning barcha viloyatlariga yetkazib berilishi mumkin. Siz esa vaqtingizni do‘konma-do‘kon yurish o‘rniga foydaliroq mashg‘ulotlarga yoki yaqinlaringiz bilan o‘tkazishga bag‘ishlay olasiz. Bundan tashqari, siz to‘lovlarni ham naqd pul ham plastik kartochka orqali amalga oshirish imkoniyatiga egasiz. Texnologiyalar rivojlanishi bilan qulaylik ham maksimal darajaga yetdi!

Alohida aytish lozimki, agarda internetga ulanmagan bo‘lsangiz ham ham onlayn buyurish xizmatidan baribir foydalanish imkoniyatingiz bor. +99878 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maishiy texnikani yetkazib berishni telefon orqali buyuring .

Qulay texnologiyalardan foydalaning. Uyingizga fayz va baraka tilaymiz.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют