» » Angliya Premyer Ligasi qachon qaytadan boshlanadi? Liga rahbariyati javob berdi

Angliya Premyer Ligasi qachon qaytadan boshlanadi? Liga rahbariyati javob berdi


Angliya Premyer Ligasi, Angliya futbol ligasi (EFL) hamda Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi qo‘shma bayonotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan. APL, EFL hamda PFA mazkur qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun birgalikda qarorlar qabul qilishga kelishib olgan. Shuningdek, ular Angliyadagi chempionatlar (APL, Chempionship, Liga 1 va Liga 2) 30-aprelga qadar boshlanmasligi haqida qaror qabul qilgan. Ular futbol mavsumi qaytadan boshlanishi uchun qachon yaxshi va xavfsiz sharoit vujudga kelsa, shunda futbol o‘yinlariga ruxsat berilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinish holati 14 751 tani tashkil etib turibdi. 761 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan. Hatto mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonda ham virus aniqlangani haqida xabar berildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют