» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yangi samolyot simulyatorini qabul qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yangi samolyot simulyatorini qabul qildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Kanadaning CAE kompaniyasidan Full-flight-simulyator (FFS) Boeing-767 yangi trenajyorini qabul qilib oldi. Bu haqda kompaniya “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hozirgi paytda milliy aviakompaniya o‘quv-mashg‘ulotlar markazidagi Trenajyor kompleksida CAE mutaxassislari bilan birgalikda qurilmani o‘rnatish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

20-aprel kuni dasturiy ta’minot va trenajyor qurilmasining boshqaruvini sozlash boshlanadi, shundan so‘ng uni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish amalga oshiriladi. Trenajyorni foydalanishga topshirish joriy yilning 9-iyuniga rejalashtirilgan.

May oyida esa milliy aviakompaniya o‘quv-mashg‘ulotlar markazida aviakompaniyaning o‘n nafar muhandis mutaxassisi kanadalik mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi va ularga aviatrenajyorga mustaqil xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют