» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 54 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning barchasi chetdan yuqtirilgan

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 54 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning barchasi chetdan yuqtirilgan


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 3 kishi vafot etdi, kasallanish bilan bog‘liq 54 ta holat aniqlandi — ularning barchasi chetdan yuqtirilgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakatda umumiy hisobda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 649 ta holat qayd etilgan.

“Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi 31 ta provinsiyadan (tumanlar, markazga bo‘ysunuvchi shaharlar) yangi turdagi koronavirus bilan jami 81 349 kishi kasallangani haqida ma’lumot oldi. Xususan, hozirgi vaqtda 3128 kishi davolanmoqda (921 nafarining ahvoli og‘ir), 74 971 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 3295 bemor esa vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Pandemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida esa o‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan, 367 kishiga shifoxonadan javob berilgan, Uxanda 3 kishi vafot etgan.

Gonkongda esa kasallanish bo‘yicha 518 ta holat (to‘rt kishi vafot etgan, 111 kishi davolangan), Makaoda 34 holat (10 kishi sog‘ayib ketgan), Tayvanda esa 267 holat qayd etilgan (ikki kishi vafot etgan va 30 kishi tuzalgan).

Mavzuga doir: Uxanda koronavirus tasdiqlangan dastlabki holat haqida ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 28-martdan boshlab dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi sabab vizasi bor yoki yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha chekladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi, O‘zbekistonda esa virusni yuqtirib olganlar soni 104 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют