» » Ekvadorda koronavirus qurbonlari birodarlar qabristoniga ko‘miladi

Ekvadorda koronavirus qurbonlari birodarlar qabristoniga ko‘miladi


Ekvadorning koronavirusga chalinganlar eng ko‘p qayd etilgan yirik shahri Guayakilda virus qurbonlari birodarlar qabristoniga ko‘miladi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda meriya departamentlaridan birining rahbari Gustavo Suniga 27-mart kuni Ecuavisa telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal qilish uchun shahar atrofidan 300 jasadni ko‘mishga mo‘ljallangan mos joy tanlanadi. Zarur bo‘lsa uning sig‘imi yana kengaytiriladi. Mozor to‘lishi bilan marhumlarning xotirasiga bag‘ishlab maqbara qurish rejalashtirilmoqda.

Guayakilda mamalakatdagi barcha kasallanganlarning 71 foizi istiqomat qiladi.

Avvalroq mamlakat ichki ishlar vaziri Mariya Paula Roma so‘nggi uch kun ichida kamida 100 kishining jasadi shahardagi uylaridan olib chiqilganini, ammo o‘limlarning hammasi ham koronavirus bilan bog‘liq emasligini aytgan.

Ekvador Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1 627 kishi koronavirusga chalingan, 41 kishi virusdan vafot etgan.

Avvalroq AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketgani, mamlakatda kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshgani xabar berilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari esa COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butun dunyoda 100 mingdan ortiq odam xalos bo‘lganini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют