» » Qashqadaryoda karantin vaqtida kartoshka va un narxi oshishi kuzatildi

Qashqadaryoda karantin vaqtida kartoshka va un narxi oshishi kuzatildi


Karantin paytida Qashqadaryo viloyatida kartoshka un va narxi oshishi kuzatilgan. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, viloyat rahbari bu haqda viloyatda koronavirusga qarshi kurashish haqida ma’lumot berish chog‘ida ta’kidlab o‘tgan.

“Karantin paytida viloyatimizda kartoshka va un narxi oshgani kuzatilmoqda. Buning oldini olish maqsadida kuni kecha viloyatga ikki vagon kartoshka mahsuloti keltirildi. Endilikda har ikki kunda Qarshi shahriga ikki vagondan kartoshka kelishi davom etadi. Ilgari birja savdolariga 640 tonna un chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib birjada 940 tonna un sotilmoqda. Ayni kunda oziq-ovqat do‘konlaridagi un narxi 135-140 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, ‘Qarshiga kirish taqiqlangan’, ‘yoqilg‘i narxi oshib ketdi’, degan asossiz bahonalar paydo bo‘lmasligi uchun oziq-ovqat tashuvchi yuk avtomobillariga shaharga kirib-chiqishga ruxsat beriladi”, — dedi viloyat rahbari.

Ta’kidlanishicha, shahar va tumanlarda ichimlik suvi tashib keltirilishi hisobga olingan holda suv tashuvchi texnikalarga ham shaharga kirish va chiqishda taqiq qo‘yilmaydi.

“Ichimlik suvini tashishda muammo bo‘lmaydi. Viloyat tashkilotlariga tegishli 35 ta suv tashuvchi taxnika ham aholiga o‘z vaqtida suv keltirib berish uchun jalb qilingan”, — dedi Zoir Mirzayev.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi umumiy ovqatlanish joylari, kafe, bar va to‘yxonalar faoliyatini to‘xtatishni nazorat qilish va tezkor qonuniy choralar ko‘rish maqsadida ishchi guruh tashkil etilib, ularga 20 ta Damas va 40 nafar inspektor safarbar qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda 60 yoshdan oshgan, ehtiyojmand, surunkali kasallikka chalingan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga bepul oziq-ovqat mahsulotlari, himoya va gigiyenik vositalar to‘plami yetkazib beriladi. Ayni paytda viloyatda bunday kishilar 441 nafarni tashkil etadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют