» » “Bunaqasini umrimda ko‘rmaganman”. Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi “o‘g‘irligi” haqida

“Bunaqasini umrimda ko‘rmaganman”. Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi “o‘g‘irligi” haqida


Jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari koronavirus sabab “o‘g‘irlanmoqda”. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

27-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakat rahbari Serbiya shifoxonalarini so‘nggi 10 kun ichida bir necha yuz sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan ta’minlash juda katta qiyinchilik bilan amalga oshirilganini so‘zlab berdi. U 14-martdayoq mamlakatda ushbu apparatlar soni davlat siriga aylanishini aytgandi.

“Apparatlarga keladigan bo‘lsak, men bunaqasini umrimda ko‘rgan emasman, hozirda jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun talonchilik keng tarqalgan. Imzolangan shartnomalar va to‘langan avanslar ham yordam bermayapti. Yetkazib beruvchilar shartnomalar tuzishni istamayapti va kim kattaroq narx taklif qilsa, o‘shanga sotmoqda, sizga esa pullaringizni qaytarib beryapti”, — deydi Vuchich.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya hukumati mamlakatdagi klinikalarga 135 dona mobil sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatishga, shuningdek, yana 15 milllion dona tibbiy niqoblarni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Serbiya Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 528 kishiga yetgan, sakkiz kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют