» » Povetkin va Usik ishtirokidagi janglar koronavirus sabab bekor qilindi

Povetkin va Usik ishtirokidagi janglar koronavirus sabab bekor qilindi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasi vakillari Oleksandr Usik va Derek Chisora, shuningdek, Aleksandr Povetkin hamda Dillian Uayt o‘rtasidagi janglar koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi. Bu haqda promouter Eddi Hirn ma’lum qildi.

“Karantin yana qanchaga cho‘zilishini bilmaymiz. Biroq biz uchun eng yoqimlisi — Buyuk Britaniyadagi janglar iyundan boshlanadi.

Mana nima uchun may oyidagi janglarni boshqa muddatga ko‘chirishimiz kerak. May oyida hech kim hech narsa qilmaydi”, — deydi Hirn.

Mazkur janglar qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum. Povetkin—Uayt jangi 2-may kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, Usik va Chisora o‘rtasidagi Londonda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan to‘qnashuv esa 23-may kuniga belgilangandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют