» » AQShda sug‘urta kompaniyalari 11-sentabr teraktlari tufayli Saudiya tashkilotlarini sudga berdi

AQShda sug‘urta kompaniyalari 11-sentabr teraktlari tufayli Saudiya tashkilotlarini sudga berdi


Amerikaning bir guruh sug‘urta kompaniyalari Nyu-Yorkning Manxetten tuman sudiga 2001-yil 11-sentabr teraktlari munosabati bilan Saudiya Arabistoni banklari va boshqa tashkilotlariga qarshi da’vo berdi, deb yozadi “TASS”. Amerika firmalari javobgarlardan kamida 4,2 milliard dollar undirib olmoqchi.

Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistonining ikkita banki, shuningdek, sakkizta kompaniyasi va xayriya tashkiloti “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlagan. Uning jangarilari esa AQShda 2001-yil 11-sentabrda 3 mingga yaqin kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan teraktlarni amalga oshirgan.

Hujjatda aytilishicha, javobgarlar ko‘magisiz, “Al-Qoida” terrorchilari 11-sentabr teraktlarini “muvaffaqiyatli ravishda rejalashtirib, muvofiqlashtirib amalga oshira olmagan bo‘lardi”. Saudiya tuzilmalaridan sud jarayonini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplashni, shuningdek, kamida 1,4 milliard dollar hajmida tovon puli to‘lashni talab qilishmoqda. Shu bilan birga, sud da’vogarlar foydasiga hukm chiqarsa, AQShdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun”ga ko‘ra, ushbu summa avtomatik tarzda uch barobar oshadi va 4,2 milliard dollarga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Kongress vakillar palatasi AQShda xalqaro terrorchi tashkilotlar uyushtirgan hujumlar qurbonlari oilasiga ularni qo‘llayotgan davlatlarga nisbatan mamlakat hududida da’vo qo‘zg‘ash huquqini beruvchi hujjatni imzolagan edi.

2017-yil 20-mart kuni esa 11-sentabr teraktlarida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berib, qirollik hukumatini “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan edi.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют