» » Toshkentning “Paxtakor” klubi stadioni qayta rekonstruksiya qilinishi mumkin

Toshkentning “Paxtakor” klubi stadioni qayta rekonstruksiya qilinishi mumkin


Toshkentning “Paxtakor” klubi stadioni “Lokomotiv”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan keyinoq yopilishi mumkin, deb yozdi “Championat.asia” sayti. 21-aprel kungi o‘yin o‘tgach, stadionda rekonstruksiya ishlari boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Bu rejaga o‘zgartirish kiritilsa, “Paxtakor” stadioni birinchi davra yakuniga qadar klub uchun xizmat qilib, ikkinchi davra oldidan baribir yopiladi va jamoa o‘z o‘yinlarini boshqa stadionda o‘tkazishga kirishadi. Qurilishning qancha davom etishi va uning smetasi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Stadiondan tashqari “Paxtakor” klubi uchun zamonaviy moddiy-texnik sport bazasi qurish ham rejalashtirilgan. Bu loyiha Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bunda shahar hokimiyati yil boshidanoq shu ishni rejalashtirganmidi yoki reja klub Alisher Usmonov qo‘liga o‘tgani haqidagi mish-mishlardan keyin paydo bo‘lganmi — aniq emas.

“Championat.asia”ning qayd etishicha, klub yaqin kunlar ichida yangi ma’lumotlarni taqdim etadi. Unda “Paxtakor”ning avvalgi mavqesini tiklashi borasida so‘z borishi mumkin.

“Paxtakor” faqatgina Toshkent bilan cheklanib qolmay, katta futboldan chetda qolayotgan hududlarda ham bolalar futbolini tiklashni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Alisher Usmonov “Paxtakor” aksioneriga aylangani haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligi klub matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan, biroq raddiyada Alisher Usmonov nomi tilga olinmagandi.

Ma’lumot uchun, klub stadioni bundan avval ham rekonstruksiya qilingandi.

2017-yilning ayni vaqtida esa “Paxtakor” klubi rasmiy sayti yana ishlamayapti. Sayt Alisher Usmonov borasida xabarlar tinimsiz chiqib turgan vaqtda ham ish faoliyatida emasdi.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют