» » Ispaniyada bir sutkada 832 kishi, Britaniyada 260 kishi koronavirusdan vafot etdi

Ispaniyada bir sutkada 832 kishi, Britaniyada 260 kishi koronavirusdan vafot etdi


Buyuk Britaniyada so‘nggi bir sutkada 2510 kishida koronavirus aniqlandi, bir kunda 260 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

28-mart soat 9:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00) holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada jami 120 776 kishidan tahlil namunalari olingan, ularning 17 089 nafarida koronavirus aniqlangan.

27-mart kuni 17:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00) holatiga mamlakatda koronavirusga chalingan 1 019 bemor vafot etgan. Bir sutka avval jami kasallanganlar soni 14 579 nafarni, vafot etganlar soni esa 759 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Ispaniyada esa so‘nggi 24 soat davomida 832 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 5 690 kishiga yetdi. Xabar berishlaricha, so‘nggi bir sutkada 8 189 kishida kasallik aniqlangan.

Ispaniyada epidemiya boshlanganidan buyon jami bemorlar soni 72 248 kishini tashkil etgan. Qayd etish joiz, Ispaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha jahonda Italiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi.

Ma’lumot uchun, 28-mart Toshkent vaqti bilan 21:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat qayd etilgan, ikki bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют