» » Ronaldu 9,5 mln yevroga Bugatti sotib oldi. Bu mashina atigi 10 nusxada chiqarilgan

Ronaldu 9,5 mln yevroga Bugatti sotib oldi. Bu mashina atigi 10 nusxada chiqarilgan


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti Centodieci avtomobilini sotib oldi, deya xabar qilmoqda Bild.

Portugaliyalik futbolchi avtomobilga 9,5 million yevro sarflagan. Bugatti Centodieci modeli bor-yo‘g‘i 10 nusxada chiqarilgan. Ronaldu avtoulovni 2021-yilda qabul qilib oladi.

Ronalduning avtoturargohida Bugatti kompaniyasining Veyron va Chiron markalari ham mavjud. 2019-yilning aprelida Ronaldu dunyodagi eng qimmat avtomobil — Bugatti La Voiture Noire’ni sotib olgandi.

Centodieci — italyanchadan “110” deb tarjima qilinadi. U 1990-yillar boshida limitlangan nusxada chiqqan EB110 superkariga bag‘ishlab ishlab chiqildi. O‘rtamotorli giperkar 1600 ot kuchiga ega 8-litrli W16 dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 100 kilometr/soat tezlikka chiqish uchun 2,4 soniya vaqt sarflaydi. Maksimal tezlik — 380 km/soat.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют