» » Qashqadaryoda koronavirus haqida asossiz xabar tarqatgan shaxs 10 kunga qamaldi

Qashqadaryoda koronavirus haqida asossiz xabar tarqatgan shaxs 10 kunga qamaldi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar ming nafardan oshib ketgan, deya asossiz xabar tarqatgan fuqaro 10 kunga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Shahrisabz shahri “Uymovut” mahallasida yashovchi O.O. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 1592 nafar obunachisi bo‘lgan guruhda “O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda” deb nomlangan xabarga javoban “E-e, odamlarni aldashdan nima foyda, O‘zbekistonda kasallanganlar mingdan oshib ketgan-ku. To‘g‘risini aytish kerak, odamlar shunga qarab ko‘chaga chiqmaydi” deya xabar qoldiradi.

Ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik e’tiborini tortgan mazkur axborotga oydinlik kiritish maqsadida IIB xodimlari axborot beruvchi bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida fuqaro O.O. mazkur xabarni hech bir asossiz yozganini, Toshkent shahridan kelgan mahalladoshlaridan Toshkentda vaziyat yaxshi emas, degan gapni eshitgach, shunday xulosa qilganini tan oldi.

Holat yuzasidan fuqaro O.O.ga nisbatan Shahrisabz tuman IIB tomonidan joriy yilning 27-mart kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) asosida ish qo‘zg‘atilib, Chiroqchi tuman Ma’muriy sudining 2020-yil 27-martdagi qaroriga asosan fuqaro O.O.ga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют