» » Samarqandda kartoshka va tibbiyot niqoblarini noqonuniy sotayotgan shaxslar aniqlandi

Samarqandda kartoshka va tibbiyot niqoblarini noqonuniy sotayotgan shaxslar aniqlandi


Samarqand shahrida noqonuniy sotilayotgan kartoshka va tibbiyot niqoblari aniqlandi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan shahar va tuman bo‘limlari oziq-ovqat mahsulotlari va zarur tibbiy buyumlar narx-navosini o‘rganilgan.

Tadbir davomida noqonuniy sotilayotgan 29 million 705 ming so‘mlik kartoshka hamda 4 million 226 ming so‘mlik tibbiyot niqoblari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, “Siyob” dehqon bozoriga qarashli ulgurji bozor filialida fuqaro A.A.dan 854 ming so‘mlik 244 kilogramm, H.I.dan 1 million 302 ming so‘mlik 372 kilogramm, X.I.dan 1 million 449 ming so‘mlik 414 kilogramm M.N.dan 23 million 999 ming so‘mlik 6857 kilogramm noqonuniy sotilayotgan kartoshka daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Shuningdek, “Kattaqo‘rg‘on shahar dehqon bozori” MChJga qarashli “Yashil bozor”da o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro J.Z. tibbiy buyumlar savdosi bilan tegishli hujjatlarsiz shug‘ullanayotgani aniqlangan. Undan umumiy qiymati 4 million 226 ming so‘mlik 1947 dona tibbiyot niqobi, 43 ta qo‘lqop va 164 flakon etil spirti olib qo‘yilgan.

Mavzuga doir



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют