» » Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Samarqand viloyati rivojlangan sanoati va qishloq xo‘jaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi.

Jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodi, “JV Man Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasida o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. “British-Amerikan tobakko”, “Sam Antep Gilam”, “UrgGazKarpet”, “Amin Invest”, “Daka Teks”, “Agromir Samarqand” qo‘shma korxonalari, “Sino”, “Samarqandkimyo” aksiyadorlik jamiyatlari, “Sharq sanoati” xususiy konserni singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari viloyatning iqtisodiy rivojiga muhim hissa qo‘shmoqda.

2016-yilda yana 19 qo‘shma korxona tashkil etilgan va viloyat bo‘yicha ularning soni 263 taga yetgan. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 195 million dollarni tashkil etgan. Eksport hajmi 2015-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshgan.

Bu ko‘rsatkichlar Samarqandning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham namoyon bo‘lmoqda. 2016-yilda yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz o‘sgani shundan dalolat beradi.

Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish va modernizatsiyalash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yilda 2838 ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, 9079 gektar maydonda intensiv bog‘ va 1000 gektar yerda tokzor tashkil etilgan. Ushbu sohada 11 ming 349 ish o‘rni yaratilgan.

Bugungi kunda sabzavotning 33 foizi, mevaning 38 foizi, sutning 34 foizi, go‘shtning 27 foizi viloyatdagi mahalliy korxonalarda qayta ishlanmoqda. Bunday o‘sish sur’atlari odamlarning turmush sharoitida, viloyatdagi shahar va qishloqlar qiyofasida namoyon bo‘lmoqda.

Turizm Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda turistik resurslardan oqilona foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli bugungi kunda Samarqandda yuzdan ortiq mehmonxona va 80 dan ortiq sayyohlik firmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют