» » Turkiyalik afsonaviy darvozabon Rushtu Rechber koronavirusga chalindi

Turkiyalik afsonaviy darvozabon Rushtu Rechber koronavirusga chalindi


Turkiyalik afsonaviy darvozabon Rushtu Rechberda koronavirus aniqlandi. Bu haqda uning rafiqasi Ishil Rechber ma’lum qildi.

“Yaxshi yangiliklarni aytishni istardim, biroq mening turmush o‘rtog‘imda COVID-19 virusi aniqlandi va u shifoxonaga yotqizildi. Odatiy kunalrning birida kasallik alomatlarining birdaniga paydo bo‘lishi bizni karaxt ahvolga soldi.

Men va farzandlarimning tahlillari qoniqarsiz natija berdi. Faqat Rushtuda koronavirus aniqlandi. Biz uyda o‘tirishga majburmiz. Eng qiyini — u bilan birga bo‘la olmaymiz. Umid qilamanki, u olloh va turkiyalik shifokorlar yordamida oyoqqa turadi”, — deydi Ishil.

Rushtu Rechber Turkiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (120) futbolchi hisoblanadi. Klub miqyosida darvozabon “Beshiktosh”, “Fenerbaxche”, “Barselona” va “Antalyaspor”da faoliyat yuritgan. Rechber Janubiy Koreya va Yaponiya o‘tgan JCh—2002 musobaqasi orqali ko‘pchilikka yaxshi tanish.

29-mart holatiga Turkiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 7400 nafardan oshdi. 108 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют