» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yetti nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yetti nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yetti nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 7 nafari butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga joylashtirilgan.

“Ularni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar kuzatib qo‘ydi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Mavzuga doir: Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmadi

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют