» » “Yuventus” futbolchi va murabbiylarning 4 oylik maoshini bermaydi. Klub 90 mln yevro tejab qoladi

“Yuventus” futbolchi va murabbiylarning 4 oylik maoshini bermaydi. Klub 90 mln yevro tejab qoladi


“Yuventus” futbolchilari yillik maoshning kamayishiga rozilik berdi. Bu haqda turinliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Jamoa a’zolari 2020-yilning mart, aprel, may va iyun oylaridagi maoshni olmaydi. O‘z navbatida klub mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, maoshlarni ko‘paytirishni vada qilgan.

“Yaqin hafta ichida futbolchi va murabbiylar bilan shaxsiy kelishuvlar imzolanadi. Mazkur kelishuvlar “Yuventus”ga 90 million yevro tejab qolishga imkon yaratadi. Agar joriy mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, klub shunga mos ravishda maoshlarni ko‘taradi. “Yuventus” barcha uchun qiyin damlardagi jonbozlik ko‘rsatgan murabbiy va o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq turinliklar rahbariyati futbolchilar bilan maoshni kamaytirish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: “Yuventus” futbolchilarining maoshi kamaytiriladi. Ronaldu odatdagi maoshidan 4 mln yevro kam oladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют