» » Ozbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan Sevgi iztirobi filmi yana namoyish etiladi

Ozbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan Sevgi iztirobi filmi yana namoyish etiladi


Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning Sevgi iztirobi (Kara sevda) seriali tez kunda Zor TVtelekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagramdagi sahifasida malum qilindi.

Sevgi iztirobi Zor TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial Ozbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt kochalarida ham korish mumkin edi.

2018-yil fevral oyida Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov Sevgi iztirobi serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi toxtatilgan edi. Oshanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Zor TV telekanali 2019-yil iyul oyida Sevgi iztirobi efirga uzatilishini malum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.

Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa kongilochar korsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

Malumot uchun, Kara sevda seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bolib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, Ozbekistonda ham bir necha qismlarga bolib uzatildi. Serial 2017-yilda Yilning eng yaxshi telenovellasi nominatsiyasida Emmi mukofotini qolga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afgoniston Islom respublikalarida hamnamoyish etildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-03-2020, 12:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -