» » Rossiya COVID-19’ni davolashda foydalanishi mumkin bo‘lgan preparat nomini e‘lon qildi

Rossiya COVID-19’ni davolashda foydalanishi mumkin bo‘lgan preparat nomini e‘lon qildi


Tibbiyotda bezgak (malyariya) kasalligini davolashda ishlatiladigan Mefloxin dori vositasi COVID-19 infeksiyasi bilan kurashishda foydalaniladi. Bu haqda rossiyalik shifokor, biologiya fanlari nomzodi Ancha Baranova ma’lum qildi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda bezgakni davolashda foydalaniladigan mefloxin dori vositasini taqdim etgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Mavzuga doir: Koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘ladi? O‘zbekistonlik tadqiqotchi tushuntiradi

Biologga ko‘ra, gidroksixloroxin tarkibidagi dorilar guruhi Xitoy va Fransiyadagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda klinik tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar bemorlarning ahvoli yaxshilanganini tasdiqlagan, biroq preparatning virusga qanday ta’sir qilishi aniqlanmagan.

Shuningdek, biolog tarkibi gidroksixloroxin bilan bir xil bo‘lgan preparatlarning toksin (zahar)ligi kamroq bo‘lgan mefloxin ekanligini ma’lum qilgan. Ancha Baranova mefloxin ishlab chiqarish tez va davolashda keng qo‘llanilishi mumkinligini alohida ta’kidladi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan keyingi dunyo manzarasi: imtihondan yiqilgan AQSh va parchalanayotgan Yevropa Ittifoqi. Jahon matbuoti koronavirus haqida

AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangan, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, avvalroq Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 nafarga yetgan haqida xabar berilgandi, ikkita o‘lim holati qayd qilingan.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 664 695 nafarga yetgani, vafot etganlar soni esa 30 847 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют