» » Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qildi

Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qildi


Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari harakati cheklanishi hamda ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini haqida ma’lumot berdi.

“Avtotransport vositasidan foydalanish imkonini beruvchi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bo‘lmagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlanish huquqini beradi. Stikerdan faqatgina tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransportda harakatlanish uchun foydalanilishi kerak, undan shaxsiy manfaatlarda suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov 26-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi. Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobar oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют