» » AQSh kongressi Trampning kuyovini maxfiy hujjatlar bilan tanishish huquqidan mahrum etishni taklif qilmoqda

AQSh kongressi Trampning kuyovini maxfiy hujjatlar bilan tanishish huquqidan mahrum etishni taklif qilmoqda


Bir qator demokrat kongressmenlar AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning maxfiy hujjatlar bilan tanishish huquqini to‘xtatishni taklif qilmoqda. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Kongressmenlar bunga Kushner Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak va Tashqi iqtisodiyot banki rahbari Sergey Gorkov bilan aloqalari haqida ma’lum qilmaganligini asos qilib ko‘rsatmoqda.

Vakillik palatasi a’zolari Don Beyer, Ted Luu, Jeymi Raskin, Jerri Nadler va Piter Uelch Federal qidiruv byurosi rahbari Jeyms Komi nomiga maktub yo‘lladi. Unda kongressmenlar Trampning kuyovini maxfiy hujjatlar bilan tanishish huquqidan mahrum etish taklifi bilan chiqdi.

“Jared Kushner AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn kabi aldovga jalb etilishi mumkinligidan xavotirdamiz”, — deyiladi maktubda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют