» » Habib Nurmagomedov Toniga qarshi jang amalga oshishi uchun 29-mart kuni Rossiyani tark etishi kerak

Habib Nurmagomedov Toniga qarshi jang amalga oshishi uchun 29-mart kuni Rossiyani tark etishi kerak


Habib Nurmagomedov 29-mart, yakshanba kuni Rossiyani tark etishga majbur bo‘lishi mumkin.

Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, koronavirus sabab 30-mart soat 00:01 dan boshlab mamlakatda avtomobil, temir yo‘l, piyodalar, suv yo‘li va boshqa harakatlar vaqtincha cheklanadi. 27-martdan xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatilgandi.

Bu esa UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jangda ishtirok etish uchun bugun mamlakatdan chiqib ketishi kerakligini anglatadi. Avvalroq Habib va uning jamoasi AQShdagi mashg‘ulot zali yopib qo‘yilgach, Rossiya qaytishga majbur bo‘lgandi.

Habib va Fergyuson o‘rtasidagi jang 18-aprel kuniga mo‘ljallangan. Jang qayerda bo‘lib o‘tishi hali noma’lum.

Rossiyada 29-mart holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 1500 dan oshib ketdi. Sakkiz kishi virus oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют