» » Karzay: AQSh Afg‘onistondan yangi turdagi qurol-yarog‘lar uchun sinov poligoni sifatida foydalanmoqda

Karzay: AQSh Afg‘onistondan yangi turdagi qurol-yarog‘lar uchun sinov poligoni sifatida foydalanmoqda


2002—2014-yillarda Afg‘oniston prezidenti bo‘lgan Hamid Karzay AQSh tomonidan o‘ta qudratli portlovchi aviatsiya bombasi yordamida respublika hududiga berilgan zarbani keskin qoraladi, deb yozadi “TASS”.

“Men uzil-kesil va eng qat’iy ravishda Amerika qurolli kuchlari Afg‘onistonga eng yangi yadroviy bo‘lmagan bombani tashlaganini qoralayman, — deb yozdi Karzay o‘z Twitter’iga. — Bu terror bilan jang emas, balki mamlakatimizdan yangi va xavfli turdagi qurollar uchun sinov poligoni sifatida vahshiyona va shafqatsiz tarzda foydalanishdir. AQShni to‘xtatib qolish afg‘onistonliklar qo‘lida”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Qurolli Kuchlari 13-aprel kuni Afg‘onistondagi IShID terrorchilari obyektlariga o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashlagani, mazkur bombadan ilk bor jangovar sharoitda foydalanilgani xabar berilgan edi.

Keyinroq Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden o‘z Twitter’ida ma’lum qilishicha, AQSh Afg‘onistonga bergan zarba jangarilarning AQSh tomonidan moliyalashtirilib qurilgan tunnellariga tekkan.

Опубликовано: admin (14-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют