» » Rossiyada bir sutkada 270 kishida koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni 8 nafarga yetdi

Rossiyada bir sutkada 270 kishida koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni 8 nafarga yetdi


Rossiyada bir sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 270 ta yangi holat qayd etildi. Meduza’ning xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 534 kishiga yetgan.

Yangi kasallanish holatlari Rossiyaning 26 ta hududida aniqlangan, ularning aksariyati (197 ta holat) Moskva shahrida qayd etilgan.

So‘nggi 24 soat davomida Rossiyada koronavirusdan to‘rt kishi vafot etgan (Moskvada ikki kishi, Sankt-Peterburgda bir kishi, Orenburg viloyatida bir kishi). Vafot etganlarning umumiy soni sakkiz kishiga yetgan.

Sutka davomida 15 kishi sog‘ayib, kasalxonadan uyiga javob berilgan. Shunday qilib, Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri koronavirusdan tuzalganlar soni 64 kishini tashkil etmoqda.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 680 ming kishidan oshdi, qurbonlar soni 31 mingdan ziyod. O‘zbekistonda 29-mart Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holatiga ko‘ra, 133 kishi kasallangan, ikki kishi vafot etgan, yetti kishi sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют