» » Noodatiy harbiy texnikalar kolleksiyasi kimoshdiga qo‘yiladi

Noodatiy harbiy texnikalar kolleksiyasi kimoshdiga qo‘yiladi


RM Sotheby’s auksion uyi may oyining boshida armiya ehtiyojlari uchun yaratilgan noyob va noodatiy avtomobillarni kimoshdi savdolariga qo‘yadi, deb xabar berdi Motor.

Kimoshdiga qo‘yiladigan modellar orasidan o‘tgan asrga oid Amerika mashinalari — “Jip”, Avstriya qurolli kuchlarida “xizmat qilgan” avtomobil, shuningdek, zamonaviy amfibiya o‘rin olgan.

1—2-may kunlari sakkiz g‘ildirakli Argo Frontier 650’ning egasiga aylanish mumkin. 2014-yilda yaratilgan avtomobil-amfibiya suv to‘siqlarini bosib o‘tishga qodir bo‘lib, 627 santimetr kub hajmli 12 silindrli motorga ega. Ushbu mashina bilan birga 1997-yilda ishlab chiqarilgan Hummer H1 ham sotuvga qo‘yiladi. Mazkur avtomobil 208 ot kuchiga ega 6,5 litrli V8 dizel dvigateli bilan jihozlangan.

Shuningdek, lotlar qatoridan 1945-yilda ishlab chiqarilgan Willys MB hamda yuklarni tashishga mo‘ljallangan Willys M274 A5 ?-Ton 4?4 Mule ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, ro‘yxatdan 643-kubli agregat yordamida harakatga keladigan 1962-yilgi Steyr-Puch Haflinger Series II, desant qo‘shinlarida foydalanilgan American Motors M422A1 Mighty-Mite ham o‘rin olgan.

May oyining boshida 1970-yilda ishlab chiqarilgan Subaru 360 politsiya avtomobili uchun ham kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют