» » XTV 30-martdan boshlanadigan televizion darslar jadvallarini e’lon qildi

XTV 30-martdan boshlanadigan televizion darslar jadvallarini e’lon qildi


Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30-mart, dushanba kunidan e’tiboran uchta telekanalda televizion darslar namoyishini boshlaydi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qilgan.

Uzdigital TV abonentlari 1—4-sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5—8-sinflar uchun Eurosport kanalida, 9—11-sinflar uchun esa “Oxota i ribalka” kanalida tomosha qilishi mumkin.

“O‘zbekiston Kabel televideniyesi” va IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (“www.uzedu.uz”) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Videodarslar internet tarmog‘idagi quyidagi manbalarda ham joylashtirib boriladi:

TAS-IX tarmog‘ida: https://mover.uz/channel/uzeduuz/

TAS-IX tarmog‘idan tashqarida:

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

Televizion darslar 100 dan ortiq pedagoglar ishtirokida tasvirga olingan. Ular orasida davlat mukofoti sohiblari, darsliklar mualliflari, yilning eng yaxshi fan o‘qituvchilari ko‘pchilikni tashkil etadi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 700 dan ortiq televizion darslar yozib olingan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar 16-martdan boshlab karantinga yopilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют