» » Tom Xenks va uning rafiqasi Avstraliyadagi karantindan so‘ng AQShga qaytdi

Tom Xenks va uning rafiqasi Avstraliyadagi karantindan so‘ng AQShga qaytdi


Gollivud aktyori Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirus infeksiyasi tufayli Avstraliyada ikki haftadan ko‘proq davom etgan karantindan so‘ng Los-Anjelesga qaytdi, deb yozadi TMZ.

Er-xotinni 27-mart, juma kuni, shaharda ko‘rishgan.

Qayd etilishicha, aktyor va uning rafiqasi AQShga shaxsiy samolyotida qaytgan.

Endilikda ular Kaliforniya shtati ma’muriyati tomonidan joriy qilingan karantinga amal qilishi kerak, deyiladi xabarda.

Avvalroq Tom Xenks va uning rafiqasiga Avstraliyaning Kvinslend shahridagi kasalxonada davo muolajalaridan so‘ng uyiga javob berilgani haqida xabar berilgan edi.

“Taxtlar o‘yini” yulduzlari Indira Varma va Kristofer Xivyu, britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirib olgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют