» » Joze Mourinyo eng yaxshi shogirdlaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. Unda “Tottenhem” va “Manchester Yunayted”dan bitta ham o‘yinchi yo‘q

Joze Mourinyo eng yaxshi shogirdlaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. Unda “Tottenhem” va “Manchester Yunayted”dan bitta ham o‘yinchi yo‘q


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Marca nashri iltimosiga ko‘ra o‘zi birga ishlagan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Qizig‘i, portugaliyalik mutaxassisning ramziy terma jamoasidan so‘nggi ikki ish joyidagi (“Tottenhem” va “Manchester Yunayted”) birorta futbolchi o‘rin olmadi. Ro‘yxatda 2003—2009-yillar mobaynida “qizil iblislar” safida to‘p surgan Krishtianu Ronaldu ham bor. Biroq Mourinyo vatandoshi bilan “Real”da birga ishlagan.

Darvozabon: Petr Chex (“Chelsi”)

Himoyachilar: Xavyer Zanetti (“Inter”), Jon Terri (“Chelsi”), Rikardu Karvalyu (“Portu”, “Chelsi”, “Real”), Vilyam Gallas (“Chelsi”)

Yarim himoyachilar: Klod Makelele (“Chelsi”), Frenk Lempard (“Chelsi”), Mesut O‘zil (“Real”)

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Real”), Didye Drogba (“Chelsi”).

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют