» » XXRdan keltirilgan harbiy gumanitar yordam — tibbiyot buyumlari qabul qilib olindi (foto)

XXRdan keltirilgan harbiy gumanitar yordam — tibbiyot buyumlari qabul qilib olindi (foto)


O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa sanoati kompaniyalari bilan O‘zbekiston mudofaa sanoati kompleksi tizimni rivojlantirish yo‘nalishida ikki tomonlama samarali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Ayni kunlarda Xitoy davlati koronavirus infeksiyasining tarqalishi va u keltirib chiqargan COVID-19 kasalligini yengib, ushbu kasallikning oldini olishda boshqa mamlakatlarga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Xitoyning “Norinko”, “Viek Tochmash”, “Xaytera”, “Poli Texnoloji” va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish, Qurolli kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalar bilan ta’minlash va ularning modernizatsiyasiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mazkur ishlarning uzviy davomi sifatida Xitoyning yuqoridagi mudofaa sanoati kompaniyalari tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga, ushbu kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish hamda O‘zbekiston xalqining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 28-mart, shanba kuni, O‘zbekistonga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordamini yubordi:

Insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi mutasaddi vakillari hamkorligida 28-mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida “Toshkent” xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi ma’sul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi. Xitoydan keltirilgan tibbiyot buyumlari 2020-yil 28-mart kunidan respublika hududi bo‘ylab karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari va boshqa muhtoj shaxslarga tarqatilgan.

Mavzuga doir: Otabek Umarov O‘zbekistonga ijtimoiy yordam jo‘natgan BAA hukumatiga minnatdorlik bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют