» » Eron koronavirus tarqalishining “ikkinchi to‘lqini” sabab yuz mingga yaqin mahbusni vaqtinchalik ozod qildi

Eron koronavirus tarqalishining “ikkinchi to‘lqini” sabab yuz mingga yaqin mahbusni vaqtinchalik ozod qildi


Eron koronavirus pandemiyasi sabab qamoqxonalardagi 100 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozodlikka chiqardi. Bu haqda mamlakatdagi sud hokimiyati vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 24-mart kuni qamoqxonalardan mahbuslarni ozod qilish muddatini 20-aprelgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilinganini ta’kidlagan, lekin u vaqtda 70 mingga yaqin mahbus ozodlikka chiqarilgandi.

“Ayni vaqtda, taxminan, 100 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarildi”, — deya intervyu bergan Eron televideniyesiga Ismoiliy.

Eron amaldorlarining koronavirus tarqalishining “ikki to‘lqini” boshlangani haqidagi gap-so‘zlariga hamohang ravishda mamlakat sud hokimiyati vakili ham mahbuslarni ozod qilishning ikkinchi to‘lqini start olganini bildirgan.

Mavzuga doir: 

Eronda 19-fevraldan, ya’ni koronavirus infeksiyasining tarqalgani haqida ilk bor xabar berilganidan beri COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha jami 38,3 mingta holat qayd etilgan, ularning 2640 tasida — bemorlar vafot etgan. 12,3 ming nafar kishi esa kasallikdan tuzalgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют