» » Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etildi

Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etildi


Moskva shahrining barcha aholisi uchun, yoshidan qat’i nazar 30-martdan boshlab uy sharoitida o‘zini o‘zi izolyatsiyalash rejimi joriy etiladi. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyaninga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, quyidagi hollarda kvartiradan chiqishga ruxsat beriladi:

Bundan tashqari, ish joyida bo‘lishi lozim bo‘lgan moskvaliklar ishga qatnashlari mumkin.

Ko‘chalarda yoki transport vositalarida harakatlanganida odamlar bir-birdan 1,5 metr oraliq masofani saqlashlari kerak. Taksilar bundan istisno.

Yaqin kunlardan boshlab ko‘chaga faqat maxsus ruxsatnoma bilan chiqish mumkin bo‘ladi. U Moskva hukumati tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, poytaxt aholisiga tarqatiladi.

“Yaqin haftalar ichida uy rejimiga rioya qilinayotganini va fuqarolarning harakatlanishini nazorat etuvchi aqlli rejim ishga tushiriladi. Asta-sekin, lekin barqaror ravishda biz ushbu vaziyat uchun zarur bo‘lgan nazoratni kuchaytiramiz”, — deydi Sergey Sobyanin.

Ta’kidlanishicha, uy rejimida izolyatsiyalanish fuqarolarning Moskvaga kelish yoki shahardan ketish huquqlarini cheklamaydi.

Shuningdek, shahar meri koronavirus sabab ish joyidan ayrilgan moskvaliklarga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida buyruq bergan. Imtiyozlar va yangi to‘lovlarning umumiy miqdori oyiga 19,5 ming rublni tashkil etadi. Pullar to‘lash arizasiz, avtomatik tarzda belgilanadi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1534 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri koronavirusdan tuzalganlar soni 64 kishini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 kishiga yetdi, yetti kishi sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют